ENERGIYA ISH VA QUVVAT
Energiya – harakat va o’zaro ta’sirlarning universal o’lchovi. Materiyaning ajralmas hususiyati bo’lgan harakatning mehanik harakat deb nomlangan turidan boshqa turlari ham mavjud: modda atom va molekulalarning betartib harakati, yani issiqlik harakat; elektromagnit maydonlarning o’zgarishi; atom yohud yadro ichida sodir bo’ladigan hodisalardagi harakatlar. Kuzatishlarnng ko’rsatishicha, bir turdagi harakat ikkinchi turdagi harakatga, u esa yana boshqacha turdagi harakatga o’tib turishi mumkin. Masalan, ilgarilanma harakat qilayotgan futbol to’pining havoga ishqalanishi tufayli asta – sekin to’pning mehanik harakati to’xtaydi. Xuddi shuningdek, stolning gorizontal sirtida turtki olib ilgarilanma harakat qilayotgan bir bo’lak yog’och stol sirtining va havoning tormozlovchi ta’siri tufayli biroz vaqtdan so’ng to’xtaydi. Bu misollarda mexanik harakat o’zaro ishqalanayotgan jismlarning isichiga sarf bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ishqalanish tufayli harakat yoqolgani yo’q, balki harakatning boshqacha turiga, yani ishqalanayotgan jismlarning issiqlik harakatiga aylandi.
7 varoq.super
There are no reviews yet.