Sistematika fani.15 asrning yarmiga kelib Yevropa mamlakatlarida feodalizm o’rniga burjuaziya hokimiyati o’rnatildi.Natijada sanoat markazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqish, o’zga mamlakatlarni bosib olish, ularning tabiiy boyliklarini talash, xalqlarni ekspluatasiya qilish avj oldi. Yirik shaharlarda botanika va hayvonot bog’lari tashkil etildi. Boshqa yerlardan yevropaliklarga notanish ko’pgina o’simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning hammasi o;simlik va hayvonlarni o’rganishga katta qiziqish uyg’otdi. Buning oqibatida kishilarning o’simlik va hayvonlar to’g’risidagi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortdi. Botanika, zooligiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun avvalo ma’lum bo’lgan o’simlik va hayvon turlarini guruhlash ehtiyoj tug’ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (1707-1778) shug’ullandi. Fan fidoiysi 10 mingdan ortiq hayvon turlarini tavsiflab beradi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni esa sinflarga birlashtiradi.Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o’qiganingizda suv o’tlari, sporali o’simliklar, ochiq va yopiq urug’lilar, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning bir qancha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va turlari bilan tanishgansiz.
YANGI YANGILIKLAR VA NAZARIYALAR BILAN UYG`UNLASHGAN.






There are no reviews yet.