EVOLUTSIYANING SINTETIK NAZARIYASI
XX asrga kelib irsiyat va o’zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o’rganila boshlandi. Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi shoxobchalari
shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo’shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi. Bu nazariya-ning asosiy qoidalari bo’lib:
- Evolutsiyaning boshlang’ich materiali mutatsion va kombi-nativ o’zgaruvchanlik hisoblanadi.
- Evolutsiyaning boshlang’ich birligi populyatsiya sanaladi.
- Evolutsiyaning boshlang’ich omili populyatsiya to’lqini, genetik-avtomatik jarayonlar va alohidalanishdan iborat.
- Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
- Tur morfologik, bioximik, fiziologik, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuvchi, jinsiy jihatdan alohidalashgan kenja tur, populyatsiyalar majmuasidan tashkil topgan.
- Genlar almashishi, oqimi faqat tur doirasida amalga oshadi.
- Evolutsiya divergent, ya’ni bir ajdod turdan bir necha yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yago-na yangi tur kelib chiqishi ko’rinishida bo’ladi.

GEN INJENERIYA VA BIOTEXNOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA.referat
Qushlar sinfi
7-SINF ZOOLOGIYA BIR YILLIK DARS ISHLANMALARI 



There are no reviews yet.