Fizika nimani o’rganadi? Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar.6-sinf dars ishlanmasi


5000 сўм

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. O’quvchilar uchun yangi o’quv predmeti birinchi bor o’tilayotgani uchun uning ahamiyati juda kattadir. Birinchi taassurotning qanday bo’lishi, o’quvchilarning bundan keyin fanga bo’ladigan munosabatini belgilaydi. Shunga ko’ra tayyorgarlik kabinetdan boshlanadi. Kabinet devorlariga olimlarning rasmlari zaruriy ketma-ketlikda osiladi.
  2. Darsning mazmuni. Dars suhbat usulida olib boriladi. O’quvchilarga qadimdan odamlarning yashash uchun tabiatda kurashlar olib borganligi va bu borada tegishli bilimlar to’planib borilganligi aytiladi. Shunday qilib, tabiat haqidagi fan “fizika” vujudga kelganligi tushuntiriladi. “Fyuzis” yunoncha “tabiat” deganidir. Bu orada o’quvchilardan tabiatga oid qanday fanlarni o’qiganligi, ularda nimalarni o’rganganligi so’ralishi mumkin ( tabiiy geografiya boshlang’ich kursida kun va tun almashinishi, tabiatda suvning aylanishi va h. k. ). Oddiy hodisalarni o’rganish keyinchalik katta ixtirolarga olib kelishi  aytilgach, tajriba ko’rsatiladi. Masalan, temirning magnitga tortilishi. Bundan shu hodisani o’rganish kompasning ixtiro qilinishiga, u esa buyuk geografik izlanishlarga olib kelganligi, mikrofon, dinamik, elektr dvigatel, elektr generator, umuman elektr energiyasiga ega bo’linganligi tushuntiriladi. Yil davomida fizik hodisalardan mexanik, issiqlik, yorug’lik va tovush hodisalari va modda tuzilishi o’rganilishi aytilib, ulardan bittadan namunaviy tajriba ko’rsatiladi. Masalan, kamerton tebranishi, qog’oz qutida suv qaynatish, oddiy qaychi, ombirlarni ishlatish va h. k.

So’ngra o’quvchilar diqqati fizika qonuniyatlarini ochishga ko’p mehnati singgan olimlar rasmlariga qaratiladi. Ulardan ayrimlarining ochgan qonunlari va bu qonunlar asosida yaratilgan qurilmalar haqida gapiriladi. Qonunlar o’z-o’zidan, qisqa muddatda yaratilmasligi, buning zaminida uzoq yillar mashaqqatli mehnat yotganligi eslatiladi.

5  varoqdan  iborat super

Bo'lim:

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review “Fizika nimani o’rganadi? Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar.6-sinf dars ishlanmasi”

There are no reviews yet.