Genetika seleksiyaning nazariy asosi bo‘lib, seleksiya ham o‘z nazariy asosi va tekshirish usullariga ega. Seleksiya lotincha «tanlash» degan ma’noga ega. U faqat tanlash bilan cheklanmasdan mavjud zot va navlarning hosildorligini oshirish va yangilarini chiqarish bilan ham shug‘ullanadi.
CH.Darvinning: «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashga moslashgan zotlarning saqlanib qolishi», «Xonakilashtirish ta’sirida hayvon va o‘simliklarning o‘zgarishi» asarlari seleksiyaning fan sifatida formalanishiga sabab bo‘ldi. Darvin o‘simlik va hayvonlarning uch xil:
– tabiiy tanlash – atrof muxit ta’sirida insonning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Har qanday tashqi sharoitga moslashganlari yashab qoladi. Organik olamning evolyutsiyasi natijasida hosil bo‘lgan nav va zotlarning hammasi inson uchun foydali bo‘lavermaydi. Tabiiy tanlash uzoq vaqt davom etadi.
YANGI YANGILIKLAR VA NAZARIYALAR BILAN UYG`UNLASHGAN






There are no reviews yet.