Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta’sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto’g’ri foydalanishi natijasida XX asrning o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo’jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog’liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko’chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda.Ozon qatlamining siyraklanishi:
Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta’sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to’planishiga imkon bermayapti.
Chuchuk suv muammosi:
Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg’oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.
There are no reviews yet.