Ersted elektr tok magnit maydonni vujudga keltirishini aniqlangandan so‘ng, ko‘pchilik olimlar teskari effektni qidira boshlashdi, ya’ni magnit maydon elektr tokni vujudga keltirmasmikan, degan savolga javob qidira boshlashdi.
1831 yilda inglis fizigi Faradey ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida elektromagnit induksiya hodisasini ochish sharafiga muyassar bo‘ldi. O‘ magnit maydonda bajarilgan mexanik ish hisobiga elektr tokini olish mumkinligini isbotlab, hozirgi zamon elektrotexnikasiga asos soldi.
Faradeyning elektromagnit induksiya hodisasiga bag‘ishlangan tajribalarini ko‘rib chiqamiz.
- Agar magnit berk kontur g‘altagi ichiga kiritilsa yoki chiqarilsa (1-rasm), shu magnit kiritilayotgan va chiqarilayotgan paytida berk konturda tok hosil bo‘ladi, bu tok induksion tok deyiladi. Agar magnitni g‘altakka kirita boshlasak – galvanometr strelkasi bir tomonga, agar magnitni g‘altakdan chiqara boshlasak, strelka boshqa tomonga og‘adi. Binobarin, induksion tok yo‘nalishi magnit harakatining yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi.

ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRUVCHI MANBALAR MONITORINGI
EKОLOGIK MONITORING FANINING MAZMUNI, MAQSADI, VAZIFALARI VA TUZILISHI
ABDULLA ORIPOV.PPT TAQDIMOT
10 sonni hosil qilish dars ishlanmasi
Kimlar, nimalar So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar(Mustahkamlash)dars ishlanmasi
Ekologik ong va madaniyat
Molekulyar – kinetik nazariya haqida tushuncha.
Adabiyot – so‘z san’ati turlari.Referat
Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar
XAZON
Avogadro qonuni. Molyar massa.Dars ishlanmasi
Yorug'lik tezligini aniqlash.Dars ishlanmasi 9-sinf 



There are no reviews yet.