Ish va energiya.
Elastiklik va noelastiklik to’qnashuvlar.
Energiya – harakat va o’zaro ta’sirlarning universal o’lchovi. Materiyaning ajralmas hususiyati bo’lgan harakatning mehanik harakat deb nomlangan turidan boshqa turlari ham mavjud: modda atom va molekulalarning betartib harakati, yani issiqlik harakat; elektromagnit maydonlarning o’zgarishi; atom yohud yadro ichida sodir bo’ladigan hodisalardagi harakatlar. Kuzatishlarnng ko’rsatishicha, bir turdagi harakat ikkinchi turdagi harakatga, u esa yana boshqacha turdagi harakatga o’tib turishi mumkin. Masalan, ilgarilanma harakat qilayotgan futbol to’pining havoga ishqalanishi tufayli asta – sekin to’pning mehanik harakati to’xtaydi. Xuddi shuningdek, stolning gorizontal sirtida turtki olib ilgarilanma harakat qilayotgan bir bo’lak yog’och stol sirtining va havoning tormozlovchi ta’siri tufayli biroz vaqtdan so’ng to’xtaydi. Bu misollarda mexanik harakat o’zaro ishqalanayotgan jismlarning isichiga sarf bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ishqalanish tufayli harakat yoqolgani yo’q, balki harakatning boshqacha turiga, yani ishqalanayotgan jismlarning issiqlik harakatiga aylandi. Bazi hollarda, aksincha, issiqlik harakat mehanik harakatga aylanishi mumkun. Kundalik hayotimizga singib ketgan rlrktr tokini hosil qilish va undan foydalanish jarayonlaridagi harakatlarning bir turdan boshqa turga o’tishini ko’rib o’taylik. Balandlikdan tushayotgan suvning harakati (gidroelektrostansiya-larda), issiqlik harakati (issiqlik elektrostansiyalari) yoki yadro ichidagi harakat (atom elektrostansiyalarida) bir qator oraliq harakatlar orqali elektr zaryadlarning harakati (yani elektr tokni) vujudga keltiradi. Elektr asbob uskunalarida esa materiya harakatining bir turi, yani elektr zaryadlarning harakati issiqlik harakatga (masalan, elektr plita yoki elektr dazmollarda), yoki mehanik harakatga (masalan, elektr ustra yoki elektr go’shtqiymalagichda) aylanadi. Bayon etilgan bu misollardaa materiya harakatining bir turi miqdoriy jihatdan ortayotgan bo’lsa, ikkinchi turning miqdoran kamayishi kuzatilyapti. Harakatlarning bu o’zgarishlari haqida fikr yuritish uchun materiya harakatlarining turli ko’rinishlarini miqdoriy jihatdan o’lchash muammosini hal qilish lozim. Malumki, mehanik harakatning o’lchovi sifatida impuls deb ataluvchi kattalikdan foydalangan edik. Lekin bu kattalikdan harakatning barcha turlarini miqdoran o’lchashda foydalanish mumkun emas. Haqiqattan, harakatlanayotgan jismning ishqalanishi tufayli mehanik harakat tezligining nolga teng bo’lib qolishi, yani jism ilgarilanma harakatining to’xtashi (p=mv=0) sodir bo’lgan holda harakat yoqoldi, deb soxta xulosa chiqargan bo’lar edik. Aslida mehanik harakat issiqlik harakatiga aylanyapti. Shuning uchun materiya harakati barcha turlarining universal o’lchovi sifatida energiya deb ataluvchi kattalikdan foydalanamiz. U holda jismning mexanik energiyasi o’zaro ta’sirlashayotgan (yani ishqalanayotgan) jismlarning issiqlik energiyasiga aylandi, degan iboralarni ishlatamiz.
8 varoq.
There are no reviews yet.