Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish:
Umumiy kompetensiyalar:
- Kommunikativ kompetensiya
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiya
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Umummadaniy kompetensiya
Savodxonlik va fan-texnika taraqqiyoti yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko’rsatganligini ko’ramiz.
Osmonga otilgan tosh yana qaytib tushadi. Chunki uni Yer o’ziga tortib turadi. Temir bo’lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan avtomobil motori o’chirilsa biroz yurib to’xtaydi. Bunda yo’l bilan g’ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o’zgaradi.
Plastilin yoki saqichni olib barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli o’zgaradi. Xuddi shunday mis tangani bolg’a bilan urilsa, yalpayib shakli o’zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o’zgarishiga sabab bo’ladigan kattalikni kuch deb ataymiz.
Tabiatda kuchlar turli ko’rinishda namoyon bo’ladi (1-rasm). Jismlarni Yer o’ziga tortib turgani tufayli og’irlik kuchi paydo bo’ladi. Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g’adir-budirligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho’zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo’ladi. Bolalar o’yinchoq to’pponchalarida ko’proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
There are no reviews yet.