Mavzu:Modda tuzilishi haqida Demokrit, Ar roziy, Beruniy va ibn Sino ta’limotlari.
Darsning maqsadi:
— modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to’plagan va talqin qilgan olimlar va vatandosh allomalarimizning ishlari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
Tаrbiyaviy mаqsаd. O’quvchilаrga jismoniy tarbiyani, inson xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgatib, ularda onglilikni tarbiyalash, o’quvchilarni Vatan himoyachilari qilib tarbiyalashda kasbga yo’naltirish.
Rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o’quvchilarda texnikaga bo’lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish. Mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirish. Masala yechish malakasini qaror toptirish.
Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi: Mаtеmаtikа fаni bilаn fаnlаrаrо аlоqаni аmаlgа оshirish.
Siz kundalik turmushda choy qaynatmoqchi bo’lib, idishga suv solib, uni isita boshlasangiz, undan bug’ chiqa boshlaganini ko’rasiz. Birozdan so’ng qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Qishda tashqarida qoldirilgan suv muzlab qoladi. Suv nima sababdan bug’lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi Demokritga (eramizdan oldingi 460–370-y.) tegishli edi. Unga ko’ra hamma narsalar juda mayda zarrachalar «atom»lardan tashkil topgan. Moddaning eng kichik zarrachasi atom bo’laklarga bo’linmaydi deb qaralgan. Atom so’zi ham yunoncha «bo’linmas bo’lakcha» degan ma’noni bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha etib kelmagan. Uning fikrlari boshqalarning yozgan asarlarida keltiriladi. U o’zining atomlar haqidagi ta’limotini quyidagi tamoyillarda beradi:
There are no reviews yet.