Reja:
- Ar-Roziy, Beruniy va ibn Sino tarjimai hollari.
- Modda tuzilishi haqida Ar – Roziy, Beruniy va ibn Sino ta`limotlari.
- Yorug`lik hodisalari haqida Farobiy Beruniy va ibn Sino ta`limotlari.
- Issiqlik hodisalari haqida Farobiy va Ibn Sino qarashlari.
- Xulosa
- Adabiyotlar
- Ar – Roziy, Beruniy va Ibn Sino tarjimai hollari.
Abu Bakr Ar-Roziy 865 yilda tug`ilgan va 925 yilda vafot etgan. Markaziy Osiyoda xususan Xorazmda u Doshqinjon bobo nomi bilan keng ommoga ma`lum. Viloyat markazi Urganch shahrida kompyuter va axborot texnologiyalari kasb – hunar kollejining shimol va 3-son UO`T maktabining g`arb tomonida XX asr choragiga qadar juda katta Doshqinjon bobo qabristoni bo`lgan. Undan xozirgi kunda 2 ta gumbaz saqlanib qolgan.
Abu Bakr Ar-Roziy- Doshqinjon boboni juda ko`plab fan yo`nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan ajdodimizni mustaqillikka erishguncha faqat diniy ulamo sifatidagina bilganmiz. U jami 184 ta asar yozib qoldirgan bo`lib, barcha fan yo`nalishida ijod qilgan qomusiy olimdir.
Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyot shahri yaqinida tug`ilgan. Beruniy qomusiy olim bo`lib, falsafa, ma`danshunoslik, geodeziya, jug`rofiya, hindshunoslik, biologia, dorishunoslik, tarix, fizika, riyoziyot, falakiyot kabi fanlarning rivojlanishida alohida o`rin egallaydi.
Beruniyning 200 dan ortiq yirik risolalar yozganligi ma`lum bo`lsa ham, bizgacha ulardan faqat 27 tasi yetib kelgan. Beruniyning birgina fizika fani rivojiga qo`shgan hissasini tasavvur qilmoq uchun uning quyidagi kashfiyotlaridan xabardor bo`lmoq lozim: moddiyat, dunyoning moddiyligi, tabiat va jamiyat hodisalarini o`rganish usullari metodologiyasi, harakat va uning turlari, atomning bo`linishi, atom tarkibidagi zarrachalarning harakati va ularning o`zaro ta`sir kuchlari, bu zarrachalar hajmining atom ichidagi bo`shliq o`lchamlari orasidagi nisbati, solishtirma og`irlik va uni aniqlash usullari, jismning inersiyasi, bo`shliq va atmosfera bosimi, suyuqliklarning gidrostatikasi, suvning issiqlikdan kengayishidagi alohida xususiyati, qor, yomg`ir, do`lning paydo bo`lish hamda energiyaning boshqa turdagi energiyalarga aylanishi, ishqalangan vaqtda jismlarning qahrabolanishi, ohangrabo va magnit qutblarining o`zaro ta`siri haqidagi tajribalar, magnit qutblari ta`sir kuchlarining oraliq muhitga bog`liqligi; dengiz va okean suvlarining ko`tarilishi va pasayishi sabablari, yorug`likning korpuskulyar va to`lqin xossasi, tovush va yorug`lik tezligi orasidagi munosabat, linza, yorug`likning qaytish va sinish xossalarining sabablari, dispersiya hodisasining mohiyati; jism yuzasi yoritilishining nur tushish burchagiga bog`liqligi, geliosentrik nazariya, sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlarning ellipsga yaqinligi, fazozoviy jismlarning vaznsizligi kabi yana ko`pgina ajoyib ishlarning hozirgi kunlarda ham o`z kuchini yo`qotmaganligining o`zi ham bobokalonimizning o`z zamonidan 1000 yillarga o`zib ketganligidan nishonadir. Beruniy 1050 yili Afg`onistonda vafot etgan.
11 vapoq.Mustaqil ish.Referat. 11 varoq
There are no reviews yet.