MUSTAMLAKAChILIK VA QARAMLIK ShAROITIDA MA’NAVIYaT
Reja:
- Xalqni milliy ma’naviy-ma’rifiy zaminlardan mahrum qilish mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadidir.
- Qaramlik sharoitida o`zbek xalqining ona tili, e’tiqodi, milliy merosi, g`ururi, qadriyatlaridan mahrum etilishi va toptalishi.
1-masalaning bayoni. Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o`ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni o`zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo`g`ib qo`yish istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o`tgan an’anaviy yo`llaridan biri bo`lib hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o`ziga singdirib yuborishni, buning uchun o`z mafkurasi va g`oyalarini ularga majburan joriy etish, madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari rivojiga yo`l bermaslikni o`z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy donishmandi Konfutsiy bundan 2700 yil oldin o`z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: «Xoqonim, agar biror mamlaktni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo`lsangiz, dastavval o`sha yerda yashayotgan xalqni o`z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma’naviy bo`hronni kuchaytiring. O`z madaniyatidan bebahra bo`lib, ma’naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o`raladi, sizga qarshilik ko`rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo`lmaydi».
10-varoq idealniy yozilgan 100 % natija juda tushunarli bitta o`qishda



There are no reviews yet.