Ninabargli daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi.Stanoklari


5000 сўм

Ninanabargli  daraxtlarga qarag’ay (sosna), qora qarag’ay (yel), oq qarag’ay (pixta), tilog’och (listvennitsa) va kedr daraxtlari kiradi.

Qarag’ay – yillik xalqalari yaqqol ko’rinadi, chunki kechki (yozgi-kuzgi) yog’ochlik qizg’ish-qo’ng’ir tusda, ertangisi (baxorgi) esa oqish (och) rangda bo’ladi. Po’stlog’i pastda qalin va yorilgan bo’lib, to’q qo’ng’ir rangda yuqori qismida esa silliq tillorang bo’ladi. Po’stloq osti qatlami sarg’ish-oq rangda bo’lib qalinligi 20-80 yillik qatlamga teng bo’ladi. Yadrosi esa pushtidan qizil-qo’ng’ir ranggacha bo’ladi. Yog’ochligining fizik-mexanik xossalari juda yuqori, qurilishda, ko’prik, kema, vagon, mashina va samolyotsozlikda hamda mebel sanoatida keng ishlatiladi.

Qora qarag’ay – po’stlog’i nisbatan yupqa, qo’ng’ir tusda va yorilgan bo’ladi. Yog’ochi mag’izsiz, pushti yoki sarg’ish oq rangda, ozgina skipidar hidi keladi, fizik-mexanik xossalari (mustahkamlik, qattiqlik, zichlik) qarag’aydan pastroq, lekin sifati yuqoriroq, butoqlari silliq va qattiq. Yutug’i: tuzilishi bir xil, oq rangini uzoq saqlaydi, elimi kam, rezonans xususiyati yuqori. Shuning uchun yuqorida ko’rsatilgan (qarag’ay uchun) sohalardan tashqari musiqa asboblarida ham ishlatiladi.

Parmalash stanoklari.

Parmalash stanogining bir nеchta turlari mavjud. Yaxlit matеrialdan tеshik ochish jarayoni parmalash dеyiladi. Parmalash va parmalab kеngaytirishda asosiy asbob parma hisoblanadi. Parmalar har xil o’lchamda va ko’rinishda bo’ladi. Asosan pеrosimon va spiral parmalar ishlatiladi. Shuningdеk parmalashda qo’llaniladigan jihozlarga parmalash stanoklari va dastaki parmalash mashinalari kiradi. O’quv ustaxonalarida bundan kichikroq va ixcham bo’lgan stanoklar ishlatiladi

8  varoq

Bo'lim:

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review “Ninabargli daraxtlar, turlari, yog’ochligi, xossalari, ishlatilishi.Stanoklari”

There are no reviews yet.