Adibning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan.
U XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod etgan.
Bizga uning «Qisasi Rabg’uziy»dan boshqa asari ma’lum emas.
Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan «…bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqliq Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin…» deb yozadi.
Ko’rinadiki, allomaning oti Nosiruddin bo’lib, otasi Burhoniddin Raboti o’g’uzning qozisi bo’lgan. Rabg’uziy taxallusi ham u yashagan joy nomi bilan bog’liq.
Rabg’uziyning qissalari ma’nosini anglatuvchi «Qisasi Rabg’uziy» asari olam va odamning yaratilishi, insonning yoidan ozishi va komillik sari mashaqqatli hamda uzoq yo’l bosib borayotganligi haqida g’oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi.
There are no reviews yet.