Ta’lim krediti (PQ-5203)
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab faqat kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari ajratiladi.
Ta’lim krediti uchun arizalarni …………………………………………… sayti hamda yagona portal orqali ……………………………………….. onlayn yuborish mumkin.
Kredit haqida
Kredit maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat oliy va professional ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari)da va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning tahsil olishlari uchun beriladi.
Kredit oluvchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- ID karta yoki pasport;
- talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). (shartnoma (kontrakt)da o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim); Elektron imzo Davlat xizmatlaridan olish kerak
There are no reviews yet.