«TAQILMALARNI TIKISH»
Taqilmalar bostirma chok bilan ulangan qopqoqli, o’tkazma qopqoqli, kant chiqarib tikilgan, «Molniya» tasma qo’yib tikilgan bo’lishi mumkin.
Kiyim turiga va modeliga qarab, izmalar maxsus mashinada yo’rmalangan, qo’lda halqa qaviqlar bilan yo’rmalangan, maxsus moslamada payvandlangan, ag’darma chok bilan tikilgan va shnurdan yasalgan to’g’ri burchakli yoki ko’zli bo’lishi mumkin.
Izmalar faqat bezak uchun mo’ljallangan bo’lsa, ular o’yilma yo’rmalanadi. Bunday izmalar erkaklar va ayollar pidjak, jaketlarining adip qaytarmasi va yeng kesimlarida bo’ladi.
Izmalarning kiyim bo’laklariga nisbatan joylashishi asosan modelga bog’liq. Uzunligi tugma diametridan 0,2-0,5 sm uzunroq bo’lishi lozim.
Maxsus mashinada yoki qo’l qaviqlari bilan yo’rmalangan izmalar hamma kiyimlarda bo’lishi mumkin. Payvandlab tayyorlanadigan izmalar polimer tola gazlamalardan tikiladigan erkaklar ko’ylaklari, plashlar, yopinchiqlar va shu kabi kiyimlar izmalariga ishlov berishda qo’llaniladi. Ular ag’darma chok bilan tikiladigan maxsus apparatda yoki universal mashinada tikiladi. Bunday izmalar asosan ayollar ko’ylagi, plashi, paltosi va boshqa kiyimlar izmalarini tikishda qo’llaniladi.
«Ko’zli» izmani tikish
Ko’zli izmani tikish uchun asosiy bo’lak teskarisiga izma o’rni uchta chiziq bilan belgilanadi. Bitta chiziq uzunasiga, ikkita chiziq izma uzunligiga teng qilib ko’ndalang belgilanadi. «Ko’zli» izma mag’izi yalang qavat bo’ladi. Mag’izning o’ngini asosiy bo’lak o’ngiga qaratib qo’yiladi va uzunasiga belgi chiziqdan 0,2-0,3 sm oraliqda bahiya qator yuritib mag’izni asosiy bo’lakka ag’darma chok bilan tikiladi.
Izma «Ko’zli» bo’lishi uchun uch tomoni aylanma qilib tikiladi. Asosiy bo’lak bilan mag’iz bahiyaqatorlar orasida qirqiladi, asosiy bo’lak izma oxirida bahiyaqatorlar uchi tomoni qiyalatib kertiladi, mag’iz esa oxirigacha to’g’ri kesiladi. Mag’iz ag’darilib asosiy bo’lak teskarisiga o’tkaziladi va 0,2-0,3 sm kenglikda kam hosil qilib izma ziylari qiya sirma qaviq bilan ko’klanadi. Izma oxiridagi uchlari universal mashinada ikki-uchta qaytarma yuritib puxtalanadi. Izma ziylari ko’zli joygacha iroqisimon qaviq bilan ko’klab qo’yiladi, mag’iz chetalirdan sm chok haqqi qoldirib qirqib tashlanadi. Qolgan hamma operatsiyalar ikki qavat mag’izli izma tikishdagidek bajariladi.
There are no reviews yet.