Dars malemllari:
- Fizika darsligi.
- Shisha yoki plastmassadan yasalgan sharcha.
- Uzun shisha nay (suvi bilan).
Asosiy tushunchalar va atamalar:
― tekis harakat;
― notekis harakat;
― tezlik; o’rtacha tezlik.
Darsning borishi:
Oldingi darsda o’quvchilarga uydan maktabgacha yoki maktabdan uygacha bo’lgan masofani qadamlab o’lchab kelish topshirilgan edi. Lekin ko’pchilik o’quvchilar buni bajarmagan bo’lishlari mumkin. Birinchidan, uydan maktabgacha masofani qadamlab sanash zerikarli ish, ikkinchidan, yo’lda ularni chalg’itadigan ko’p narsalar uchraydi. Shuning uchun bu ishni bajargan o’quvchilarni, albatta, rag’batlantirish shart. Bu bilan ishni bajarmagan o’quvchilarni ishni bajartirishga da’vat qilinadi va ularga bu vazifa takroran topshiriladi. O’tilganlarni takrorlashda o’yin elementini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Doskaga quyidagi ko’rinishda ikkita bir xil gul chiziladi. Gulning faqat o’rta qismida yozuv bo’lib, gul barglarida yozuvlari bo’lmaydi. Doskaga ixtiyoriy ravishda ikkita o’quvchi taklif qilinib, gul barglarini unga tegishli tushuncha, kattalik, o’lchov birligi va h.k. bilan to’ldirish taklif qilinadi. Qaysi o’quvchi ko’p va tez to’ldirsa, g’olib hisoblanadi. Qolgan o’quvchilardan ularning ta’rifi, ma’nosi so’raladi.
There are no reviews yet.