Astronomlarning eng muxim kuzatish quroli – teleskoplardir. Teleskoplar osmon jismlarini ko‘rinma burchaklarini kattalashtirib, xamda ularni bir necha marta ravshanlashtirib ko‘rsatadi. Shuning uchun xam teleskoplar bilan qaralganda, Yerga yaqin joylashgan osmon jismlarining (Quyosh, planetalar va Oyning) sirtida ko‘z ilђamaydigan detallarini xamda ko‘plab, xiraligi tufayli ko‘zga ko‘rinmaydigan, yulduzlarni ko‘rish mumkin .
Teleskoplarning asosiy qismi ob’ektiv deb ataluvchi qavariq linza bo‘lib, u kuzatilayotgan osmon jismidan kelayotgan fnurni yiђib, mazkur jismning tasvirini yasaydi. Osmon jismining ob’ektiv tomonidan xosil qilgan tasvirini okulyar deb ataladigan linza orqali kuzatiladi . Xozirgi zamon teleskoplarida, ko‘pincha ob’ektiv yasagan tasvir, fotoplastinkalarda rasmga tushirilib o‘rganiladi.
Agar teleskopning ob’ektivi linzadan yoki linzalar sistemasidan tuzilgan bo‘lsa, bunday teleskop refraktor deyiladi. Teleskop ob’ektivi botiq sferik ko‘zgudan iborat bo‘lgan teleskop reflektor deyiladi. Refraktor va reflektorda manbadan kelayotgan nurning yo‘li tasvirlangan.
Referat.Mustaqil ish.6 varoq.
There are no reviews yet.