“Havaskor biolog “ to’garagi ishlanmalari


10000 сўм

TO’GARAK 1.  Sana:_______________________

  To’garak mavzusi: „Havaskor biolog “ to’garagining  maqsad vazifalari bilan   to’garak a’zolarini  tanishtirish va to`garak  a`zolari  bilan tanishish, to`garak  so`rovnomasini    to`ldidrish.

   Ta’limiy maqsadi: fanning yutuqlari, o’quv dasturlaridan chetda qolib ketadigan mavzular haqida bilim berish.

   Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning aqliy tafakkurini oshirish, milliy dunyoqarashini kengaytirish ma’naviy yetukligini tarbiyalash.

   Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, fanga bo’lgan qiziqishini ortirish, zamonaviy texnika vositalarni o’rgatishga ko’nikma va malaka hosil qilish.

Kompetensiya: o’quvchi biologik tushunchaga ega bo’lishi, tushunchalarning mohiyatini anglashi, ularni yangi vaziyatlarda imkoniyat darajasida o’z ona tilida hamda birorta xorijiy tilda dastlabki tushunchalarni ishlata  olishi

   Didaktik asos: fanlararo bog’lanish hozirgi fan-texnika yangiliklarni kundalik xayotdagi o’rniga asoslangan holda mavzuni tushuntirish.

   To’garak turi:_Yangi  tushuncha va  bilimlarni  shakllantiruvchi

   To’garak jihozi: 1. Kitoblar , “Maktabda  biologiya”  jurnali, qo`shimcha  adabiyotlar.

   To’garak borishi:

1.Tashkiliy qism:

  1. a) Davomatni aniqlash
  2.  b) o’quvchilarning mashg’ulot tayyorgarligi va ularning fikrlarini jamlash:
  3.  s) fanga oid mushoxadani to’g’ri bayon qila olish.
  4. O`tilganlarni takrorlash.

O`tilgan  mashg`ulotda  berilgan  topshiriqlarni  nazorat  qilish va  topshiriqni  qay  darajada  bajarganligiga   qarab o`quvchilarni  rag`batlantirish.

  1. 3. Yangi mashg’ulot bayoni:

O’qituvchi  so’zi:

Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga umumta’lim fanlaridan xususan biologiyadan bugungi kun talablariga mos har tomonlama mukammal bilim berishda o‘qituvchilar oldida bir qator vazifalar turadi.

O‘qituvchi har bir soat darsga tayyorgarlik ko‘rishda darslikda berilgan ma’lumotlar bilan chegaralanib qolmasdan qo‘shimcha adabiyotlarda keltirilgan muhim va qiziqarli ma’lumotlar bilan uni boyitishi, to‘garak mashg‘ulotlari va turli kechalarni tashkil etishda bilimlarni mustahkamlashga e’tibor qaratmog‘i lozim.

Biologiya faniga oid qiziqarli ma’lumotlar o‘quvchilarning fanga  qiziqishlarini yanada orttirib boradi. Ana shularni hisobga olgan holda ushbu metodik tavsiyada o‘qituvchilar foydalanishi uchun zarur ma’lumotlar berilgan.

O`quvchilar bilan tanishadi  va  ularga  to`garakning  borishi  ,maqsadi  va  vazifalari   haqida  tushuntiradi.

To`garak  nizomini  o`qib  beradi   va  kerakli  xujjatlar  bilan  ishlaydi.

“Havaskor botahik”  to`garagi  a`zolariga  botanika   faning  yutuq  va  kamchiliklari  haqida  so`zlab  beradi. O`quvchilarni  fanga  bo`lgan  qiziqishlarini  yanada  oshiradi.

  1. To’garak mashg’ulotni yakunlash.
  2. Uyga

Ota-onasining roziligi to’g’risidagi yozma ma’lumot  olib  kelish.

Ko`rildi:____________________

Bo'lim:

Based on 0 reviews

0.0 overall
0
0
0
0
0

Be the first to review ““Havaskor biolog “ to’garagi ishlanmalari”

There are no reviews yet.