Yangi mavzu bayoni:
Mavzuga oid atamalar ingiliz tilida doskaga yoki slaydda yozilib qo’yiladi.
1.Kashtachilik – embroidery 6.Bo’r – chalk
2.Kashta tikmoq – embroider 7.Chok – seam
3.Ip – thread 8.Tikmoq – sew, stitch
4.Asbob – instrument 9.Ninaga ip o’tqizmoq – thread a needle
5.Qaychi – shears 10.Bezak – decoration
Yangi mavzu bo’yicha “Zinama – zina “ texnologiyasidan foydalaniladi.
Texnologiyani qo’llanilishi:
-O’quvchilarni 3-4 guruhga ajratiladi.
-O’quvchilarga texnologiya maqsadi haqida tushuncha beradi.Har bir guruhga A3 formatga kichik mavzu yozib tarqatiladi. O’qib chiqish uchun vaqt beriladi.
-Guruhlar berilgan mavzular bo’yicha o’qiganlarini qog’ozga yoritib berishlarini so’raladi.
-Berilgan vaqt tugagach guruh a’zolaridan biri taqdimot qiladi.Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material albatta doskaga tagma-tag ilinadi.Har bir guruhga taqdimot qilish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi.
-O’qituvchi o’quvchilar tomonidan tayyorlangan materiallarga izox beriladi va qo’shimchalar kiritiladi.
1-guruh
KASHTACHILIK SAN’ATI TARIXI.
O`zbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san’atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo`llaniladi.
Kashtachiligimiz san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana, zardevor, gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek Respublikamizning Farg`ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san’at muzeylarida ko`p namunalari to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
There are no reviews yet.